Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Mobiuz bilan omadli yil» aksiyasi

O‘tkazish davri: 22.12.2023y. dan 10.01.2024y. gacha (shu jumladan). 

Foydalanish imkoniyati: mobil ilovaning jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarif rejalaridagi (Mobiuz 8 yil tarif rejasidan tashqari) foydalanuvchilari

Ishtirok etish shartlari: Mobiuz mobil ilovasini yuklab olib, ro‘yxatdan o‘ting, sovg‘achani bosing va aksiyada ishtirok eting. Aksiya davrida Sizda taqdim qilingan imkoniyatlardan foydalanib, bayramona sovg‘ani ochish evaziga, bonus xizmatga ega bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Sovg‘ani ochish uchun taqdim qilinadigan imkoniyatlarning soni, abonentning «UMS» MCHJ tarmog‘idan foydalanayotgan muddatiga bog‘liq.

Taqdim qilingan imkoniyatlarning soni mobil ilovadagi profilingizda ko‘rinadi.

Bayramona sovg‘ani bir kunda ochishlarning soni cheklangan va bir kunda sovg‘ani ochish uchun 3 (uchta) imkoniyatdan foydalanish mumkin.

Har bir sovg‘a ochilishi uchun imkoniyatlarning umumiy sonidan 1 ta imkoniyat olinadi

Har bir sovg‘a ochilishidan keyin quyidagi sovrinlardan biriga ega bo‘lishingiz mumkin:

Oylik Internet-to‘plam 1 000 MB

Oylik Internet-to‘plam 2 000 MB

Oylik Internet-to‘plam 3 000 MB

Kunlik internet-to‘plam 200 MB

Kunlik internet-to‘plam 300 MB

Kunlik internet-to‘plam 500 MB

Kunlik internet-to‘plam 1 000 MB

Kunlik internet-to‘plam 2 000 MB

Tungi internet-to‘plam 1 000 MB

Tungi internet-to‘plam 2 000 MB

Tungi internet-to‘plam 3 000 MB

Unlilm "Premium''

Unlim "Youtube''

Unlim "Messenjerlar''

Unlim "Ijtimoiy tarmoqlar''

 

Bonus xizmatlarni «Mening sovgʻalarim» boʻlimida faollashtirish mumkin.

Bonus xizmatlarni faollashtirish davrining muddati aksiya tugaguncha amal qiladi. O‘zingizning bonuslaringizni 22.12.2023y. dan 10.01.2024y. gacha (shu jumladan) faollashtirishga ulguring. 

Imkoniyatlardan foydalanish shartlari

  • Imkoniyatlarni boshqa foydalanuvchiga/abonentga berish mumkin emas

  • Imkoniyatlar abonent raqami mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan abonentga, uning xizmatlardan foydalanish muddatidan kelib chiqib hisoblanadi

  • Imkoniyatlar bayramona sovg‘ani ochish yo‘li bilan bonus xizmatlariga ega bo‘lishga imkon beradi

  • Foydalanuvchi taqdim qilingan imkoniyatlarning sonini ko‘rishni va bonus xizmatlarni olishni mobil ilovada amalga oshirishi mumkin.

  • Abonent o‘zining mobil ilovadagi profilini o‘chirib yuborgan holatda («hisobni o‘chirish» funksiyasi), unga taqdim qilingan barcha imkoniyatlar o‘zgarishsiz qoladi.

  • Raqamning egasi o‘zgartirilgan yoki raqam shartnoma bekor qilingandan keyin tiklangan holatda, abonent raqamida bonus xizmatlarni olish uchun avvalroq taqdim qilingan imkoniyatlar bekor qilinadi.

  • Abonent tarif rejasini boshqa tarif rejasiga o‘zgartirgan holatda, avvalroq taqdim qilingan imkoniyatlar saqlanib qoladi.  

  • Imkoniyatlar bayramona sovg‘ani ochishga ishlatilgandan keyin sarflangan imkoniyatlarni qaytarish imkoniyati mavjud emas.

  • Bayramona sovg‘ani ochish yo‘li bilan olingan barcha bonus xizmatlarni, mobil ilovadagi «Mening sovg‘alarim» alohida varag‘ida ulash imkoniyati mavjud.

  • Bonus xizmatlardan faol holatda, balans ijobiy bo‘lganda foydalanish mumkin

 

Xizmatlardan foydalanishning texnik xususiyatlari va shartlari

Internet-to‘plamlardan foydalanish shartlari

  • To‘plamlar 100% chegirma bilan taqdim etiladi.
  • To‘plamlarni jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tarif rejalarida (My Mobiuz, «Mobiuz 8 yil» tarifidan tashqari) ulash imkoniyati mavjud.
  • Trafikning qolgan hajmi haqida ma’lumot olish uchun *102# USSD-buyrug‘ini yuborish kerak.
  • Internet-to‘plamlardan foydalanish uchun “Mobil internet” xizmatini, agar u avval o‘chirilgan bo‘lsa, faollashtirish kerak.
  • Oylik va tungi internet-to‘plamlarda kiritilgan trafikning tegishli hajmini taqdim qilish muddati, oylik va tungi to‘plamlar uchun 30 kunni va kunlik to‘plamlar uchun 1 sutkani tashkil qiladi.
  • Xarid qilingan internet-to‘plamlarning hajmi qo‘shiladi. Foydalanish muddati oxirgi xarid qilingan to‘plamning muddati tugaguncha uzaytiriladi va oylik va tungi to‘plamlar uchun xarid qilingan paytdan boshlab 30 kunni va kunlik to‘plamlar uchun 1 sutkani tashkil qiladi.
  • 8:00 dan 00:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:

Kunlik internet – to‘plam (aksiya to‘plami) -> TR doirasidagi trafik -> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet to‘plam (aksiya to‘plami) -> boshqa to‘plamlar.

  • 00:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:

Tungi internet – to‘plam (aksiya to‘plami) -> Kunlik internet-to‘plam (aksiya to‘plami) -> Tarif rejasi doirasidagi trafik -> OnNet trafiki -> Oylik internet to‘plam (aksiya to‘plami) -> boshqa to‘plamlar.

  • Kiritilgan trafik tugagandan keyin trafik o‘rnatilgan tariflarga muvofiq narxlanadi.
  • Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgartirilganda, to‘plamlarni taqdim qilish shartlari o‘zgarmaydi.
  • To‘plamlar abonent O‘zbekiston hududida, “UMS” MChJ tarmog‘ida bo‘lgandagina amal qiladi.

«Unlim» servisidan foydalanish shartlari

  • Unlim» servisining opsiyalari 100% chegirma bilan taqdim etiladi.
  • Servis opsiyasining amal qilish muddati – ulangan paytdan boshlab 1 oy.
  • Servisning aksiya doirasida chegirma bilan ulangan opsiyalari Unlim servisining xuddi shunday pullik opsiyalari bilan bir-birini istisno qilishadi. Aksiya doirasida chegirma bilan ulangan xizmat mavjud bo‘lganda – xuddi shunday pullik xizmat ulanmaydi.
  • Servis opsiyalaridan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan barcha tariflarda foydalanish imkoniyati mavjud (My Mobiuz, Mobiuz 8 yil tariflaridan tashqari). Shuningdek:
  • Chegirmali Unlim "Messenjerlar" opsiyasidan Xotirjam 25, Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
  • Chegirmali Unlim "Ijtimoiy tarmoqlar" opsiyasidan Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
  • Chegirmali Unlim "Youtube" opsiyasidan Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
  • Chegirmali Unlim "Premium" opsiyasidan Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
  • Unlim servisining boshqa internet-to‘plamlar va opsiyalar orasida ishlatilish ustuvorligi – birinchi
  • Aksiya doirasida chegirma bilan ulangan Unlim servisi opsiyasining muddati tugaganda, xizmat o‘chirib tashlanadi va avtomatik ravishda uzaytirilmaydi.
  • Abonentda bir vaqtning o‘zida servisning bir nechta opsiyalari ulangan bo‘lishi mumkin.
  • Servis faqat manbalarning rasmiy mobil ilovalari va brauzerdagi rasmiy mobil versiyasida internetdan foydalanish uchun taqdim etiladi.
  • Ushbu servisdan foydalanganda ma’lumotlarni uzatish tezligi cheklanmaydi.
  • Roumingda internet belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.
  • Abonent bloklangan holatda, ushbu xizmat doirasida internetga kirish taqdim etilmaydi
  • Opsiya doirasida cheksiz manbalardan proksi-serverlar, VPN, vositachilik saytlari orqali foydalanganda trafik tarif rejasining shartlariga muvofiq narxlanadi
  • Ushbu servisdan GPRS/EDGE/3G/4G/5G tarmoqlarida foydalanish imkoniyati mavjud.
  • «Kunlik Unlim» xizmati va «Unlim» servisi opsiyalaridan biri bir vaqtning o‘zida ulanganda «Kunlik Unlim» xizmati doirasidagi tezlik faqat ulangan opsiyaga kirmagan manbalar uchun cheklanadi.
  • Smartfonlar oldindan o‘rnatilgan sozlamalar bo‘yicha fon tarzida quyidagi amallarga mobil trafikni sarflashadi: tizim yangilanishlari, ilovalarning yangilanishlari, vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshq.) va ijtimoiy tarmoqlarnining ma’lumotlarini moslashtirish, hamda tahlillovchi-hisoblagichlarga. Ushbu yo‘nalishlarga internet-trafik tarif rejasining shartlariga muvofiq tariflanadi yoki trafik barcha yo‘nalishlarga taqdim qilinadigan, amaldagi internet-to‘plamning balansidan yechiladi.

Ro'yxatga qaytish